O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarorida aholini ro‘yxatga olishga doir vazifalar belgilab berilgan.
Shunga asosan statistika idoralari xodimlari joyiga chiqqan holda, mahallar kesimida ko‘chama-ko‘cha nom belgilarining o‘rnatilganligi, xonadonlarning raqamlanganligi bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar.
Joriy yilning 28- yanvar kuni viloyatimizning Xiva shahrida boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘I J.Bekchanov, Hazorasp tumanida statistika bo‘limi boshlig‘i A.Alimovlar mahallalarning yangilangan sxematik xaritalarini o‘rganish jarayonida ushbu masalalarga alohida e’tibor qaratib, mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullariga xonadonlarni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.
Axborot xizmati