27/01/2025

2024- yilning yanvar- dekabr oylarida Tuproqqal’a tumanida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 14,0 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich viloyat umumiy ishlab chiqarish hajmining 48,3 % ulushiga to‘g‘ri keladi.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng yuqori hajm avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarishda 11,2 trln so‘mni yoki 79,4 % ulushni tashkil qildi.

Tumanda sanoat mahsulotlarining 97,8 %i yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

 Axborot xizmati