24/01/2025

2025- yilning 24- yanvar kuni viloyatimizning shahar va tumanlaridagi bir qator umumta’lim muassasalarida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etildi.


Xususan, Shovot tumanidagi 4- sonli va Yangiariq tumanidagi 40- sonli umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lajak tadbirning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan ushbu seminarlarda tuman statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tildi.


Tadbir yakunida hududiy statistika bo'imlari mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.

Axborot xizmati