24/01/2025

Viloyat statistika boshqarmasida sohada korrupsiyaviy qonunbuzilishlarning oldini olishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi



2025- yilning 24- yanvar kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, tizimda korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish va bu bo‘yicha mavjud qonunchilik normalaridan xabardor qilishga qaratilgan vebinar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda boshqarma tarmoq bo‘limlari va hududiy statistika bo‘limi boshliqlari (masofadan) ishtirok etishdi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 12- yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81 sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 31- martdagi “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 829-sonli qarorining asosiy maqsadi va mohiyatini tushuntirib o‘tdi.

Shu bilan birgalikda yig‘ilganlar tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, hisobot intizomini ta’minlash, statistik hisobotlarni vaqtida taqdim qilmagan yuridik shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llash hamda konsalting xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan zarur ma’lumotlar bilan tanishtirildi.


Axborot xizmati