2024- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda 6 860 ta yangi kichik korxona va mikrofirma (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilingan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,1 % ga ko‘pdir. Hududlar bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Urganch shahrida 13,4 % ni, Urganch tumanida 10,3 % ni, Yangiariq tumanida 9,2 % ni, Bog'ot tumanida 9,0 % ni, Qo‘shko‘pir tumanida 8,7 % ni, Shovot tumanida 8,6 % ni, Hazorasp tumanida 8,1 % ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati