21/01/2025

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 424 808 dona har xil turdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Ularning rusumlar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha (dona):

Cobalt – 164 887;

Damas – 101 912;

Lacetti-Gentra – 12 837;

Tracker – 45 918;

Onix – 41 661;

KIA – 19 328;

Chery – 6 301;

BYD – 4 004 ​;

Haval – 2 473;

Lada – 6;

maxsus yengil avtomobillar – 25 481.

 Matbuot xizmati