21/01/2025

2024- yilning 12 oyi yakunlariga ko‘ra nodavlat mulkchiligidagi qurilish tashkilotlarining umumiy hajmdagi ulushi 96,5 % ni tashkil qilgan.

So‘nggi 5 yilda ushbu ko‘rsatkichning o‘zgarishi quyidagi dinamikaga ega bo‘lgan:

2020- yilda – 94,4 %

2021- yilda – 96,2 %

2022- yilda – 94,5 %

2023- yilda – 99,8 %

2024- yilda – 96,5 %.

Hududlar kesimida nodavlat mulkchilikidagi tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmida eng yuqori ulush Urganch shahrida (ushbu hududdagi qurilish ishlari umumiy hajmining 10,8 %i), Urganch tumanida (8,1 %i) va Xiva tumanida (7,0 %i) qayd etildi.

 Axborot xizmati