21/01/2025

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining 56,9 %i yoki 6 063,1 mlrd so‘mi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shundan 4 172,3 mlrd so‘mini yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, 1 505,6 mlrd so‘mini jismoniy shaxslar tomonidan noturar-joylar qurilishi, 385,2 mlrd so‘mini yakka tartibdagi turar-joylarni ta’mirlash ishlari tashkil qilgan.

2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining o‘sish sur’ati 111,7 % ni tashkil qilgan.

 Axborot xizmati