20/01/2025

2025- yilning 20- yanvar kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida Toshkent  axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida seminar tashkil etildi.

Seminarda boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i J.Bekchanov, bosh mutaxassis I.Polvonovalar qatnashdilar.

Oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda 2025-2026- yillarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan  aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berildi.

J.Bekchanov shu bilan bir qatorda bugungi kunda ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonida viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirildi.

Tadbir yakunida talabalarning mavzuga oid savollariga javob berildi.

Axborot xizmati