Joriy yilning 17- yanvar kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida hududiy statistika hamda tarmoq bo‘limlarning boshliqlari ishtirokida yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Turistik klasterlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024- yil 30- dekabrda qabul qilingan 915- sonli qarori bilan tanishtirib o‘tdi.
Seminarda qarorning maqsadidan kelib chiqqan holda, tashqi va ichki sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish orqali ularning sonini oshirish maqsadida, turistik klasterlarni tashkil etish tartibi hamda ularning huquqiy maqomi bo‘yicha ma’lumot berildi.
Axborot xizmati