15/01/2025

Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2025- yilning 1- yanvar holatiga 20 654 tani tashkil qilgan.

2021- yilning mos davriga nisbatan ularning soni 1 676 taga oshgan.

Tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi:

savdo – 36,9 %

sanoat – 16,3 %

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 12,7 %

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 7,4 %

qurilish – 6,7 %

tashish va saqlash – 4,5 %

axborot va aloqa – 1,7 %

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 2,5 %

boshqa turlari – 11,3 %.

 Axborot xizmati