Xorazm viloyatida 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovaraylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 15 571,0 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 12,3 % ga ko‘paydi.
Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 96,8 % ni tashkil etdi.
Kichik korxona va mikrofirmalarning chakana savdo hajmida yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan hududlar:
Urganch shahri – 120,9 %
Shovot tumani – 113,1 %
Qo‘shko‘pir tumani – 112,9 %
Xonqa tumani – 110,1 %
Yangibozor tumani – 109,6 %.
Axborot xizmati