Joriy yilning 15- yanvar kuni Shovot tumanining “Arbek” mahallasida aholini ro‘yxatga olish yuzasidan tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini olib borildi.
Tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Otajonov tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar, raqamlangan va raqamlanmagan uylar soni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Bundan tashqari mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida kelishib olindi.
Axborot xizmati