15/01/2025

Mamlakatimiz aholisining yashash tarzi va turmush darajasini o‘rganish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan tanlab olingan uy xo'jaliklarida kuzatuvlar o‘tkazib kelinadi.


2025- yilning 15- yanvar kuni Xorazm viloyati Yangibozor va Gurlan tumanlarida ushbu kuzatuvlarning maqsad va vazifalari, o‘rganish natijasida olinadigan ma’lumotlar va ularning ahamiyatiga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etildi.


Seminarda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov va boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishdi.


Tadbirda mahalla faollari uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuviga tushgan xonadonlarda olib boriladigan so‘rovnomalarning xususiyati va mazmuni bilan tanishtirildi.

Axborot xizmati