13/01/2025

2024- yilning 30- dekabrida “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-465- sonli Prezident qarori qabul qilindi.


Ushbu qaror bilan aholi tomorqasi, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldi, mahallaning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishini samarali tashkil qilish va ko‘paytirish orqali mamlakatning eksport ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadi ko‘zlangan.
Xorazm viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 10- yanvar kuni o‘tkazilgan huquqiy yo‘nalishdagi seminar ushbu me’yoriy-huquqiy hujjat targ‘ibotiga bag‘ishlandi.


Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov qarorning mazmuni bilan xodimlarni yaqindan tanishtirib o‘tdi hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar xususida ma’lumot berdi.

Axborot xizmati