09/01/2025

Mamalakatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Jumladan, joriy yilning  9- yanvar kuni viloyatning Urganch va Xiva shaharlari, Bog‘ot va Hazorasp tumanlarida statistika bo‘limlari mutaxassislari tomonidan  mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Shuningdek, tegishli hududlarda raqamlangan va raqamlanmagan uylar soni, ko‘chalarning nom belgilari mavjudligi hamda mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

 Axborot xizmati