09/01/2025

2024- yilning  yanvar-noyabr oylarida Yangiariq tumanida 288,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,9 % ga o‘sdi.

Jami bajarilgan qurilish ishlarining 81,2 %i yoki 234,4 mlrd so‘mi bino va inshootlar qurilishi hissasiga to‘g‘ri keldi.

Shuningdek, umumiy hajmning 47,2 mlrd so‘mini fuqarolik obyektlari qurilishi, 7,1 mlrd so‘mini ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tashkil qildi.

 Axborot xizmati