2025- yilning 8- yanvar kuni uy xo‘jaliklarida o‘tkaziladigan kuzatuvlarning maqsad va vazifalariga bag‘ishlangan seminar Urganch tumanining “Beshayvon”, “Ravot” va “Adolat” mahalla faollari ishtirokida tashkil etildi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘I A.O‘tamuratov, boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassislari qatnashdilar.
Tadbirda mahalla faollariga uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuviga tushgan xonadonlarda olib boriladigan so‘rovnomalarning xususiyati, mazmuni bilan tanishtirildi va o‘rganish natijasida olinadigan ma’lumotlar va ularning ahamiyatiga xususida ma’lumotlar berildi.
Axborot xizmati