2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Xiva shahrida 60,5 mlrd so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, 2023- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,0 % ni tashkil qilgan.
Hudud xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarining ulushi 9,0 % ga teng bo‘lgan.
Faoliyat turi bo‘yicha eng yuqori ulush savdo (25,9 %), yashash va ovqatlanish (13,3 %), transport (12,7 %) va ta’lim (11,1 %) xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2024- yilning 11 oyida Xiva shahrining bozor xizmatlari hajmi 674,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Axborot xizmati