2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Hazorasp tumaniga xorijiy davlatlardan 19,1 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar import qilingan.
2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda import hajmining o‘sish sur’ati 81,6 % ni tashkil qildi.
Tuman importining 39,0 %i MDH davlatlari, 61,0 %i boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Ko‘rilayotgan davrda import tarkibida yuqori hajmga ega bo‘lgan tovarlar:
mashina va transport uskunalari – 10,4 mln dollar
nooziq-ovqat xom ashyosi – 3,5 mln dollar
sanoat mahsulotlari – 1,6 mln dollar.
Axborot xizmati