2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Xorazm viloyati xorijiy davlatlardan qiymati 188,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan.
Bu ko‘rsatkich import umumiy hajmining 35,1 %ini tashkil etgan.
Import hajmining o‘sish sur’ati 2023- yilning tegishli davriga nisbatan 102,4 % ni tashkil qildi.
Oziq-ovqat mahsulotlari importi tarkibi:
shakar, shakar mahsulotlari va asal – 168,7 mln dollar
hayvonlar uchun ozuqa – 8,7 mln dollar
don va ularning mahsulotlari – 4,8 mln dollar
sut mahsulotlari va parranda tuxumlari – 4,2 mln dollar
sabzavot va mevalar – 0,9 mln dollar
tirik hayvonlar – 0,5 mln dollar.
Axborot xizmati