2024- yilning yanvar-noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, Tuproqqal’a tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 299,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.
2023- yilning shu davriga nisbatan savdo hajmining 9,2 % ga o‘sishi kuzatildi.
Chakana savdo tovar aylanmasi hajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi 86,4 % yoki 258,4 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Shuningdek, umumiy hajmning 0,1 %i yirik korxonalar, 13,5 %i uyushmagan savdo hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati