26/12/2024

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida yakunlariga ko‘ra, viloyat ishlab chiqaradigan (qayta ishlaydigan) sanoati hajmi 26,0 trln so‘mni, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,4 %ni tashkil qilgan.

Jami ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida eng yuqori ulush:

mashina va asbob- uskunalar ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, yarim tirkamalar ishlab chiqarishda – 41,2 %

oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda – 26,3 %

to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarishda – 21,8 %

yog‘och va po‘kak buyumlar (mebeldan tashqari), poxol va to‘qish uchun materiallardan buyumlar, qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishda – 2,6 % ni tashkil etdi.

  Axborot xizmati