Xorazm viloyatining barcha hududlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvi o‘tkazila boshlandi.
2024- yilning 26- dekabr kuni Tuproqqal’a tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi B.Karimov tumandagi dehqon bozori va savdo do‘konlarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning kuzatuvida ishtirok etdi. Kuzatuv davomida bir kunlik sotilgan tovarlari miqdori va kunlik savdo tushumlariga oid ma’lumotlar planshetlarga qayd etib borildi.
Axborot xizmati