26/12/2024

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatimiz hududlarida statistika organlari tomonidan reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarni raqamlashtirish va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Shu yilning 26- dekabr kuni viloyatning Urganch va Xiva shaharlari hamda Shovot, Tuproqqal’a, Hazorasp, Gurlan tumanlarida mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari bilan birgalikda shu kabi ishlar amalga oshirildi.

Axborot xizmati