Xorazm viloyatining barcha hududlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvi o‘tkazila boshlandi.
2024- yilning 25- dekabr kuni viloyatning bir qator shahar va tumanlaridagi dehqon bozorlari va savdo komplekslarida tashkil etilgan mazkur kuzatuvlarda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning bir kunlik sotilgan tovarlari miqdori va kunlik savdo tushumlariga oid ma’lumotlar planshetlarga qayd etib borildi.
Suratlarda: Bog‘ot, Qo‘shko‘pir va Hazorasp tumanlarida o‘tkazilgan kuzatuv jarayonlari.
Axborot xizmati