24/12/2024

Xorazm viloyatining barcha hududlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvi o‘tkazila boshlandi.
2024- yilning 24- dekabr kuni viloyatning bir qator shahar va tumanlaridagi dehqon bozorlari va savdo komplekslarida tashkil etilgan mazkur kuzatuvlarda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning bir kunlik sotilgan tovarlari miqdori va kunlik savdo tushumlariga oid ma’lumotlar planshetlarga qayd etib borildi.

Suratlarda: Urganch, Xiva shaharlari, Shovot va Xiva tumanlarida  o‘tkazilgan kuzatuv jarayonlari.

 

Axborot xizmati