Joriy yilning 23- dekabr kuni Urganch shahridagi “Shodlik” mahallasida huquqiy targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov mahalla faollariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʻminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi 2019- yil 9- apreldagi PQ-4273-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2024- yil 4- martdagi PQ-114-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan tushuntirish berib o‘tdi.
Axborot xizmati