2024- yilning 19- dekabr kuni Xiva shahridagi 20 va 4-sonli umumta’lim maktablarida aholini ro‘yxatga olish tadbirining mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i J.Bekchanov va shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi D.Rahimovlar ishtirok etishdi.
Mutaxassislar tomonidan umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilariga ro‘yxatga olish tadbirning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, o‘quvchi yoshlar ishtirokida shu mavzudagi uchrashuvlar Shovot tumanidagi 29-sonli umumta’lim maktabida ham tashkil etildi.
Axborot xizmati