2024- yilning 14- noyabrida “Tadbirkorlik huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-184- sonli Prezident farmoni qabul qilindi.
Ushbu farmon bilan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga bir qator imtiyoz va yengilliklar berilishi nazarda tutilgan.
Xorazm viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 20- dekabr kuni o‘tkazilgan huquqiy yo‘nalishdagi seminar ushbu me’yoriy-huquqiy hujjat targ‘ibotiga bag‘ishlandi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov Farmonning mazmuni bilan xodimlarni yaqindan tanishtirib o‘tdi hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar xususida ma’lumot berdi.
Axborot xizmati