19/12/2024

O‘tayotgan haftada viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

18- dekabr kuni Shovot tumanining “Chig‘atoy” va “Monoq” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi xonadonlarning raqamlanganlik, ko‘cha nomlarining qo‘yilganlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Tuman statistika bo‘limi etakchi mutaxassisi S.Otajonov tomonidan yuqoridagi mahalla mas’ullari bilan birgalikda hududlarning yangilangan sxematik xaritalarini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida ko‘cha nomi belgilarini ilish, xonadonlarning tartib raqamlarini to‘liq shakillantrish va raqamlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.



Axborot xizmati