16/12/2024

2024- yil 1- dekabr holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan 24 114 ta tijorat korxonasining 14 917 tasini  mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tashkil etdi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 711 ta ko‘payib, o‘sish sur’ati 105,0 % ni tashkil qildi.

Sohalar kesimida o‘sish sur’atlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, eng yuqori ko‘rsatkich yashash va ovqatlanishda 128,0 %, axborot va aloqada – 121,7 %, sanoatda – 118,2 %, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 112,1 % ni tashkil etdi.

 

Axborot xizmati