14/12/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoniga asosan joriy yilning 14- dekabr kuni Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida viloyatdagi davlat tashkilotlari xodimlari o‘rtasida spartakiada o‘tkazildi.

Sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, yugurish va quvnoq startlar turlari bo‘yicha tashkil etilgan mazkur sport musobaqasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi jamoasi faol ishtirok etdi.

Jamoamiz 9 ta davlat tashkilotlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqalarda sportning stol tennis turida faxrli 2-o‘rinni, shaxmat-shashka va  quvnoq startlar turida 3-o‘rinni egallashdi.

Sovrindorlarga qimmatbaho sovg‘a va diplomlar topshirildi.

 Axborot xizmati