Joriy yilning 11-14- dekabr kunlari aholini ro‘yxatga olishga doir vazifalarning bajarilishi, xususan, uy-joylarni raqamlanish holatini o‘rganish yuzasidan viloyatimizning barcha hududlarida statistika bo‘limlari xodimlari tomonidan rejadagi ishlar davom ettirildi.
Mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari bilan hamkorlikda hududlarning yangilangan sxematik xaritalarini o‘rganish, ko‘cha nomi belgilarini ilish, xonadonlarning tartib raqamlarini to‘liq shakillantirish va raqamlashtirish jarayonining tashkil etilishi bo‘yicha ma’lumotlar shakllaantirildi.
Axborot xizmati