13/12/2024

Joriy yilning 13- dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida hududiy statistika hamda tarmoq bo‘limlarning boshliqlari ishtirokida yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarni “Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024- yil 3- dekabrda qabul qilingan PQ-417-sonli Prezident qarori bilan tanishtirib o‘tdi.

Seminarda qarorning maqsadidan kelib chiqqan holda, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyat va sharoitlar bo‘yicha ma’lumot berildi.



Axborot xizmati