Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024- yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 202,7 mln AQSH dollariga 20 190 ta elektromobil import qilgan.
Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 730 taga oshgan.
10 oyda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 20 082 ta
— Qozog‘iston – 51 ta
— Gonkong – 17 ta
— Germaniya – 14 ta
— BAA – 10 ta
— AQSH – 10 ta.
Matbuot xizmati