11/12/2024

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Xiva shahri xorijga 17,5 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar (xizmatlar) eksportini amalga oshirdi.

Eksport hajmida tovarlarning ulushi 82,4 % ni, xizmatlar 17,6 % ni tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan eksport hajmining o‘sish sur’ati 137,8 % darajada qayd etildi.

Hududdan eksport qilingan mahsulotlarning 42,7 %i MDH davlatlari, 57,3 %i boshqa xorijiy davlatlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Hisobot davrida Xiva shahridan umumiy hajmning 48,3 % ini tashkil qilgan 8,5 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilindi.

 Axborot xizmati