10/12/2024

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 759 045 tani tashkil etgan.

 Jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 362 525 taga oshgan.

 O‘zbekiston Respublikasida har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 95 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.

 Matbuot xizmati