06/12/2024

2024- yilning  yanvar-oktabr oylarida Xonqa tumanida 456,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi va 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,7 % ni tashkil qildi.

Umumiy hajmning 41,4 % i yoki 188,7 mlrd so‘mi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri keldi.

Hisobot davrida ushbu sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari tarkibi:

yakka tartibdagi turar-joy qurilishi – 93,8 mlrd so‘m

yakka tartibdagi noturar-joy qurilishi – 81,0 mlrd so‘m

uy-joylarni ta’mirlash ishlari –13,9 mlrd so‘m.

 Axborot xizmati