6- dekabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida 8- dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda bosh yuriskonsult I.Otajonov ma’ruza bilan chiqish qilib, Konstitutsiya va qonunlarning davlatchilik negizlarining mustahkamligida tutgan o‘rni va roli, mamlakatimizning Asosiy Qonuniga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar xususida to‘xtalib o‘tildi.
Shu bilan bir qatorda seminarda joriy yilning 6- dekabridan e’tiboran kuchga kirgan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi (O‘RQ-931-son, 2024- yil 5- iyunda qabul qilingan) O‘zbekiston Respublikasi qonuniga oid asosiy tushunchalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Axborot xizmati