2024- yil yanvar-oktabr oylarida viloyatimizdagi dehqon bozorlarining qishloq xo‘jalik mahsulotlari savdo hajmi 1,1 trln so‘mni tashkil qildi.
Umumiy savdo hajmining 46,0 % ulushi yangi uzilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Ko‘rilayotgan davrda shu turdagi mahsulotlarning savdo hajmi 505,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Shuningdek, don mahsulotlari (10,3 %), non va non mahsulotlari (8,7 %), tovuq go‘shti (5,4 %), nooziq-ovqat tovarlari (10,7 %) yuqori ulushga ega bo‘lgan.
Axborot xizmati