Viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Shu yilning 2-5- dekabr kunlari barcha shahar va tumanlarda reja asosida ishlar tashkil etildi. Xususan, hududiy statistika idoralari mutaxassislari mahalla fuqarolar yig‘inlarining ma'sullari bilan hamkorlikda mahallalarning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqqan holda xaritalar bilan solishtirish orqali o‘rgandilar, uy-joylarni raqamlanganlik, ko‘cha nomlarining qo‘yilganligi va tayyorgarlik bilan bog‘liq boshqa zarur ma’lumotlarni umumlashtirdilar.
Axborot xizmati