28/11/2024

Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan 2024- yil yanvar-oktabr oylarida hajmi 162,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish tarkibida:

  • tabiiy suv, suvga ishlov berish va suv bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar - 17,7 % ga,
  • oqova suvlarni yo‘qotish, transportirovka qilish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar - 3,2 marta,
  • xavfsiz chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha xizmatlar - 92,9 % ga oshganligi kuzatildi.

 

Axborot xizmati