22/11/2024

Joriy yilning  yanvar-oktabr oylarida viloyatimiz bo‘yicha 3 125,1 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davri bilan taqqoslaganda 12,1 % ga o‘sdi.

Transport  xizmatlari umumiy hajmining 93,2 % ulushi avtomobil transporti xizxmatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Hududlar orasida transport xizmatlarining eng yuqori hajmi Urganch shahrida qayd etilgan va 635,1 mlrd so‘mni tashkil qildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,5 % ga oshdi.

 Axborot xizmati