22/11/2024

Joriy yilning 22- noyabr kuni  Urganch shahridagi 18-sonli hamda Xonqa tumanidagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.


Seminarda hududiy statistika bo‘limi mutaxassislari qatnashdi va o‘quvchilarga “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114- son (2024- yil 4- martdagi) Prezident qarorining mazmun va mohiyati haqida qisqacha ma’lumot berib, aholini royxatga olish mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

                       
Axborot xizmati