2024- yilning 22- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “2024-2026- yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024- yil 15- noyabrda qabul qilingan PQ-394-sonli Prezident qarorining targ‘ibotiga bag‘ishlandi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov mazkur qaror bilan viloyatimizda turizmni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan manzilli dasturlar, xususan, mehmonxona qurish uchun subsidiyalar ajratish, ekoturizmni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘zda tutilgan tadbirlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Axborot xizmati