2024- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatimizda 766 ta yangi xususiy korxona tashkil etilgan bo‘lib, jami faoliyat yuritayotganlar soniga nisbati 17,4 % ni tashkil qildi.
Iqtisodiy faoliyat turlariga ko‘ra eng ko‘p yangi xususiy korxona sanoat (228 ta) va savdo (215 ta) sohalarida tashkil qilindi.
Hududlar kesimida bu ko‘rsatkich Shovot tumani (190 ta), Urganch shahri (137 ta) va Xonqa tumanida (123 ta) yuqori bo‘ldi.
Axborot xizmati