20/11/2024

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-oktabr oylarida qariyb 6,5 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 951,3 ming nafarga yoki 17,2 % ga oshgan.

 Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Tojikiston – 1 878,5 ming nafar;

Qirg‘iz Respublikasi – 1 870,3 ming nafar;

Qozog‘iston – 1 267,5 ming nafar;

Rossiya – 686,7 ming nafar;

Turkmaniston – 145,0 ming nafar;

Turkiya – 95,7 ming nafar;

Xitoy – 57,7 ming nafar;

Hindiston – 55,9 ming nafar;

Janubiy Koreya – 36,5 ming nafar;

Italiya – 36,3 ming nafar;

boshqa davlatlar – 366,6 ming nafar.

 Matbuot xizmati