20/11/2024

Xiva tumanida 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning jami hajmi 645,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning mos davriga nisbatan investitsiyalar hajmi 6,4 % ga o‘sdi.

Moliyalashtirish manbalariga ko‘ra investitsiyalar umumiy hajmining 0,9 %i yoki 6,3 mlrd so‘mi suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan.

 Axborot xizmati