Viloyatimizda 2024- yilning 1- noyabr holatiga tashish va saqlash xizmatlari sohasida 1 040 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 89 taga kamaydi.
Soha korxonalari tarkibida quruqlikdagi va quvur transporti yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalarning ulushi 77,3 % ni yoki 804 tani tashkil qildi.
Hududlar kesimida eng ko‘p tashish va saqlash xizmatlari korxonasi Urganch shahri (219 ta) va Hazorasp tumanida (196 ta) faoliyat yuritgan.
Axborot xizmati